O‘zbekiston | 08:32 / 05.04.2022
7358
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari asosan Qozog‘iston va Rossiyadan olib kirilmoqda

Oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: iStock

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-fevral oylarida import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 36,1 foiz.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Rossiya – 25,6 foiz;
  • Braziliya – 12,4 foiz;
  • Belarus – 4,4 foiz;
  • Pokiston – 3,6 foiz;
  • boshqa davlatlar – 17,9 foiz.

Qo‘mita 2022 yilning yanvar-fevral oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymatini ham ma’lum qildi.

Ular:

  • bug‘doy – 113,1 mln AQSh dollariga;
  • shakarqamish – 59,6 mln AQSh dollariga;
  • margarin mahsulotlari – 52,1 mln AQSh dollariga;
  • qoramol go‘shti – 26,5 mln AQSh dollariga;
  • o‘simlik yog‘i – 22,5 mln AQSh dollariga;
  • kartoshka – 21 mln AQSh dollariga;
  • kakao va shokolad – 19,6 mln AQSh dollariga;
  • bug‘doy uni – 16,4 mln AQSh dollariga;
  • banan – 11,5 mln AQSh dollariga;
  • bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 10,1 mln AQSh dollariga;
  • sut mahsulotlari – 8,7 mln AQSh dollariga;
  • choy – 7,4 mln AQSh dollariga;
  • parranda go‘shti – 7,2 mln AQSh dollariga;
  • mandarin – 5,9 mln AQSh dollariga;
  • makkajo‘xori – 5,7 mln AQSh dollariga;
  • qahva – 5,1 mln AQSh dollariga.

Bundan oldin O‘zbekistonga import kartoshka asosan Pokistondan olib kelinayotgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid