Iqtisodiyot | 13:56 / 06.04.2022
15549
1 daqiqa o‘qiladi

Investitsiyalar vazirligiga tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish bo‘yicha yangi vakolat berildi

Prezident “Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Hujjat tashqi savdoni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, mahalliy tadbirkorlik sub’yektlarining eksport faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralarini yanada kuchaytirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini kengaytirish maqsadida qabul qilindi.

Farmon bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga 2023 yil 1 yanvarga qadar hukumat komissiyasi xulosasi asosida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishning vaqtinchalik mexanizmlarini joriy qilish vakolati berildi.

Bunda, tayyor mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish, shuningdek, import shartnomalari qiymatlarini sun’iy ravishda oshirish, ichki bozorga sifatsiz mahsulotlar kirib kelishi va kontrabanda holatlarining oldini olish choralari nazarda tutiladi.

Mavzuga oid