Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Ukrainadagi urush uzoq davom etishi mumkinligini aytdi
AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaning Bucha shahridagi voqealarga munosabat bildirar ekan u yerda sodir bo‘lgan ishlarni harbiy jinoyat deb atadi.
«Rossiyalik harbiylar chiqib ketgach, o‘liklar ko‘chada qolgan. Tinch aholi vakillari sovuqqonlik bilan qatl qilingan, ba’zi jasadlarning qo‘li orqaga qilib bog‘langan. U yerda bo‘lgan ishlar oz emas, ko‘p emas, aynan harbiy jinoyatdir. Mas’uliyatli davlatlar aybdorlarni jazolash uchun birlashishi kerak», degan Bayden.
Bayden Buchadagi voqealar haqida AQSh kasaba uyushmalari faollari bilan uchrashuvda gapirdi. CBS e’lon qilgan videoda anglash mumkinki, Bayden Kiyev yaqinidagi Bucha shahrini Buka deb talaffuz qilgan.
AQSh prezidentining aytishicha, ukrainadagi urush uzoq davom etishi mumkin: «Rossiya urushda allaqachon muvaffaqiyatsizlikka uchrab bo‘ldi. Urush uzoq davom etishi mumkin. Biz Ukrainani, ukrain xalqini va erkinlik uchun kurashni qo‘llashda davom etamiz», degan Bayden.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025