O‘zbekiston | 12:59 / 07.04.2022
3321
2 daqiqa o‘qiladi

Hududlarda gepatit va bachadon bo‘yni saratoni uchun bepul tekshiruv tashkil qilindi

Gepatitni aniqlash uchun Toshkent shahrining 6ta va 6 viloyatning markaziy oilaviy poliklinikalarida, bachadon bo‘yni saratoni bo‘yicha poytaxtdagi 5ta va Andijondagi 2ta markaziy oilaviy poliklinikada tekshiruvlar davom etyapti.

Foto: Shutterstock

Gepatitni erta tashxislash va davolash uchun bepul skrining tekshiruvlari Virusologiya ilmiy tekshirish instituti va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil qilingan.

Toshkent shahri uchun:

  • Shayxontohur tumanining markaziy poliklinikasi;
  • Chilonzor tumanining markaziy poliklinikasi;
  • Uchtepa tumanining markaziy poliklinikasi;
  • Olmazor tumanining markaziy poliklinikasi;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 8-sonli oilaviy poliklinika;
  • Yashnobod tumanidagi 30-sonli oilaviy poliklinika.

Viloyatlar uchun:

  • Samarqand viloyati: 2,4,9,12-oilaviy poliklinikalari;
  • Surxondaryo viloyati:1,2,3,4-oilaviy poliklinikalari;
  • Sirdaryo viloyati: Mirzaobod, Guliston, Yangiyer oilaviy poliklinikalari;
  • Andijon viloyati: 1,2,3,4-oilaviy poliklinikalari;
  • Namangan viloyati:1,3,9,10-oilaviy poliklinikalari;
  • Farg‘ona viloyati: 1,4,5,6-oilaviy poliklinikalari.

Bachadon bo‘yni saratoni bo‘yicha Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti va Janubiy Koreyaning KOFIH fondi hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan tekshiruvlar quyidagi hududlarda olib borilmoqda. 

Toshkent shahri uchun:

  • Yunusobod tumani markaziy poliklinikasi;
  • Chilonzor tumani markaziy poliklinikasi;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani markaziy poliklinikasi;
  • Yashnobod tumani markaziy poliklinikasi;
  • Shayxontohur tumanidagi markaziy poliklinika.

Shuningdek, Andijon shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi va Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 1-oilaviy poliklinikasida ham tekshiruv davom etmoqda.

Зуҳра Абдуҳалимова
Tayyorlagan Зуҳра Абдуҳалимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid