Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malakali o‘qituvchilar borib ishlasa, 100 foiz ustama to‘lanadigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi 2022-2023 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatini tasdiqladi.
Ro‘yxat viloyatlar va tumanlar kesimida alohida shakllantirilgan.
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir ma’muriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.
Joriy o‘quv yilida 1409 ta ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga 500 nafarga yaqin pedagog jalb etilgan, deb ma’lum qildi Xalq ta’limi vazirligi.
2022-2023 o‘quv yilida ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga boshqa hududlardan pedagoglar borib ishlashlari uchun joriy yilning 15 may kunidan boshlab elektron platforma – Ustozfondi.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
Mavzuga oid
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi
23:22 / 25.04.2025