Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumaniga 21-marta kelishim ekan – prezident navbatdagi tashrifini Ramazon bilan bog‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi qator obektlarga tashrif buyurdi.
Davlat rahbari Toshkent shahridagi 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ham bo‘ldi va faollar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Juma kuni, shunday ulug‘ kunda Olmazor tumanida butun respublika vakillari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazyapmiz. Ramazon oyida eslab o‘tish kerak, Muborak Qur’oni karimda ham “Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir”, deb ta’kidlangan.
Olmazor tumani vakillari bilishsa kerak, bu tumanga 21-marta kelishim ekan. Zamon shiddat bilan rivojlanyapti. Ta’lim, texnologiyalar rivojlanyapti. Bugun sizlar bilan bu yil va kelgusi yil yakunlari bo‘yicha qanday rejalarni amalga oshiramiz, davlat nimaga e’tibor berishi kerak, sizlar qanday vazifalarni olasizlar? Men bu maktabda farzandlarim bilan gaplashdim. Biz ular uchun yana nimalar qila olamiz? Mana shularni gaplashib olishimiz kerak, sizlardan aniq takliflar kutaman.
Shunday ulug‘ ayyom kunlari bilan sizlarni tabriklamoqchiman”, – deya davlat rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
08:35 / 20.05.2025
Toshkentda boshqaruv servis kompaniyasi 1,6 mlrd so‘mlik elektrni talon-taroj qildi
22:33 / 30.04.2025
Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
18:55 / 24.04.2025