Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Ukraina bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina delegatsiyalari Turkiyada o‘tkazilgan muzokaralarda kelishuvlarning muayyan darajasiga chiqqandi.
Foto: AFP/Getty Images
Ukraina Istanbulda erishilgan kelishuvlardan uzoqlashib ketdi va muzokaralarni boshi berk vaziyatga qaytardi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralardan so‘ng.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina delegatsiyalari 29 mart kuni Turkiyada o‘tkazilgan muzokaralarda kelishuvlarning muayyan darajasiga chiqqandi. Unga ko‘ra, Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari Qrim, Sevastopol va Donbassga taalluqli bo‘lmasligi kerak edi.
«So‘ngra biz kelishuv jarayonini davom ettirish uchun sharoitlar yaratishga harakat qildik. Buning o‘rniga Buchadagi provokatsiyaga duch keldik va eng asosiysi, Ukraina tomoni Istanbuldagi kelishuvlardan uzoqlashib ketdi», — dedi Putin.
Putinning aytishicha, endilikda xavfsizlik talablari boshqa, Qrim, Sevastopol va Donbass masalasi kelishuvlar doirasidan chiqib ketgan.
«Ya’ni yana o‘zlari va barchamiz uchun boshi berk vaziyatga qaytishdi», - dedi u.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025