Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron rossiyalik harbiylarning Ukrainadagi harakatlarini genotsid deb atashni istamadi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rossiyalik harbiylar tomonidan Ukrainada sodir etilgan harakatlarni ifodalash uchun «genotsid» so‘zini ishlatishni to‘g‘ri deb hisoblamasligini aytdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Avvalroq rossiyalik harbiylar tomonidan Ukrainada tinch aholi vakillari o‘ldirilishini AQSh prezidenti Jo Bayden genotsid sifatida baholagandi. France 2 telekanaliga intervyu chog‘ida Makrondan u Baydenga qanchalik qo‘shilishini so‘rashgan. «Men hozirda bunday atamalarni qo‘llashda ehtiyot bo‘lgan bo‘lardim, chunki bu ikki xalq [ruslar va ukrainlar] — birodar xalqlar», — deya javob qaytargan Makron.
Shu bilan birga Fransiya prezidenti Ukrainada harbiy jinoyatlar sodir etilganini qayd etgan. «Rossiya bir tomonlama tartibda favqulodda beshafqat urush boshladi, ma’lum bo‘lgani shuki, Rossiya armiyasi harbiy jinoyatlar sodir etgan va biz aybdorlarni topishimiz kerak», — deya ma’lum qilgan Makron.
Ammo, Fransiya prezidenti qayd etishicha, «ritorikani kuchaytirish» orqali urushni to‘xtatish va tinchlikni tiklash dargumon.
- Emmanuel Makron Fransiya prezidentligiga ikkinchi bor saylanish uchun nomzodini qo‘ygan. Birinchi turda u Rossiya prezidentiga xayrixoh hisoblangan nomzod Marin Le Penni kichik farq bilan ortda qoldirgan. Fransiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi 24 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
16:40 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
22:50 / 15.05.2025
Makron va ro‘molcha: nima gap o‘zi?
12:15 / 14.05.2025