Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: Ukrainaga Switchblade kamikadze-dronlari yetkazib berildi
Ma’lum qilinishicha, dastlabki 100ta dronning bir qismi Ukrainaga yetib bordi.
Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi AQSh Ukrainaga Switchblade kamikadze-dronlarini yetkazib berganini ma’lum qildi.
«Dastlabki 100ta dron jo‘natildi. Ularning bir qismi allaqachon Ukrainaga yetib bordi. Qolganlarini yetkazib berish ham ko‘p vaqtni olmaydi», — dedi Kirbi.
U AQSh prezidenti Jo Bayden hukumat Ukrainaga o‘zini himoya qilishi uchun yordam berish yo‘llarini qidirishda davom etishini aytganini eslatib o‘tdi.
«Shu bois kelgusida ham bunday tizimlar yetkazilishini istisno qilmayman», — dedi Kirbi.
Avvalroq Bayden AQSh Ukrainaga qo‘shimcha 800 mln dollar ajratilishi va 800 dona Stinger zenit-raketa majmualari hamda 2 ming dona Javelin tankka qarshi tizimlarini yetkazib berishini aytgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
20:37 / 27.05.2025