Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi. Qaror 1 maydan boshlab kuchga kiradi.
Hujjat prezidentning «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq qabul qilindi.
Qaror quyidagi normalarni o‘z ichiga oladi:
- bojxona qiymatini aniqlash usullari va ularni qo‘llash tartibi. Bu usullar jami 6 ta bo‘lib, asosiy hisoblangan birinchi usul tuzilgan tashqi savdo shartnomalari asosida olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda qo‘llaniladi. Import qilinadigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashning birinchi usulini qo‘llashning iloji bo‘lmasa, qo‘yidagi usullar ketma-ketlikda qo‘llaniladi. Biroq, agar avvalgisidan foydalanish mumkin bo‘lmasa, keyingi usuldan foydalanishga ruxsat beriladi;
- sotuvchi bilan sotib oluvchi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lgan hollarni o‘rganish va bojxona qiymatini aniqlash.
Bunday vaziyatda bojxona organi quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
- avval ushbu tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi bilan bitimlar mavjudligi va ular yuzasidan biron-bir e’tirozlar bo‘lganini tekshirish;
- bojxona organida mavjud bo‘lgan mazkur bitimga bevosita yoki bilvosita tegishli bo‘lgan axborotni tahlil etish;
- moddiy tashuvchi orqali olib kiriladigan raqamli mahsulotlarning bojxona qiymatini aniqlash;
- deklaratsiyalanmasdan yoki deklaratsiyada noto‘g‘ri ko‘rsatilib olib kirilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash va qayta ko‘rib chiqish. Bojxona chegarasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibga xilof ravishda o‘tkazilayotgan tovarlarning bojxona qiymati bozor narxidan kelib chiqib aniqlanadi;
- bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etilgan holda vaqtincha olib kirilgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda bojxona qiymatini aniqlash;
- avariya, yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida yoki noma’lum sabablarga ko‘ra shikastlanishi yoxud buzilishi, yaroqsiz holatga kelishi, yo‘qolishi va kamomadi aniqlangan tovarning bojxona qiymatini aniqlash;
- bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025