Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aprelda O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari kamaydi, oltinning fizik hajmi o‘zgarmadi
Rasmiy zaxira aktivlari va chet el valutasidagi boshqa aktivlar jami qoldig‘i 35,2 mlrd dollarni tashkil etdi. Oltinning sof hajmi o‘zgarishsiz qoldi.
Markaziy bank O‘zbekistonning aprel oyidagi xalqaro zaxiralari haqida ma’lumot berdi.
Rasmiy zaxiralar martga nisbatan 205 mln dollarga kamayganiga qaramay, yil boshiga nisbatan 16,3 mln dollarga ko‘paydi. Shu bilan aktivlar jami qoldig‘i 35,2 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Naqd valuta va depozitlar 355 mln dollarga qisqargan.
Oltinning fizik hajmi esa o‘zgarishsiz qoldi – 10,9 trillion unsiya. Oltinning fizik hajmi yil boshidagi ko‘rsatkichga hali qaytmagan, yanvarda oltin 11,6 trln unsiyani tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari 935 mln dollarga oshib, 35,36 mlrd dollarga yetgandi.
Avvalroq, Statistika qo‘mitasi O‘zbekiston qaysi davlatlarga oltin sotayotgani nega ochiqlanmasligiga izoh bergandi.
Mavzuga oid
21:01 / 10.02.2025
Oltinning rekord narxlari O‘zbekistonning zaxirasini salkam 43 mlrd dollarga yetkazdi
13:13 / 06.02.2025
1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi
19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi
16:20 / 03.02.2025