O‘zbekiston | 07:26 / 16.04.2022
4650
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Qo‘yliq» bozori ro‘parasidagi ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

Ko‘prik qurilishi sabab Toshkentdagi THAY ko‘chasining ayrim yo‘nalishlarida harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabarida aytilgan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Qayd etilishicha, yangi ko‘prik qurilishi ishlari olib borilayotgani sababli 16 apreldan THAYning "Qo‘yliq" dehqon bozori ro‘parasidan o‘tgan qismidagi yo‘l avtomobillar harakati uchun qisqaradi.

Ular:

  • THAYning "Qumariq-Rohat" yo‘nalishida "Qo‘yliq" bozori kirish joyi qarshisidan 200 metr uzunlikda, to‘rt yo‘nalishidan ikkitasi vaqtincha yopiladi;
  • THAYning "Rohat-Qumariq" yo‘nalishida "Kompas" savdo majmuasi qarshisidagi bitta yo‘nalishi 50 metr uzunlikda vaqtincha yopiladi.

Bundan oldin Toshkentda barcha vositalarni jalb etgan holda, shaharning asosiy yo‘llaridagi chuqurlarni 10 kun ichida to‘liq bartaraf etish vazifasi belgilangandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid