Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqdagi yer maydonini 3 mln dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi. Ulardan biri hokim yordamchisi
30 mln dollar investitsiya kiritish sharti bilan ajratilgan yer maydonini 3 mln dollarga sotishga uringan shaxslar kelishilgan pulning180 ming dollarini avans sifatida olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Joriy yilning 15 aprel kuni Bosh prokuratura tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi yordamchisi va 4 nafar tadbirkor Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi yer maydonini 3 million dollarga sotishga urinib, avans olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bo‘stonliq tumani hokimining tegishli qarori bilan «M.B.B.» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 30 mln. AQSh dollari miqdorida investitsion loyihani amalga oshirish sharti bilan maktabgacha ta’lim muassasasi va savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari qurilishi uchun 40 gektar yer maydoni ajratilgan.
Biroq, MChJ mansabdor shaxslari bugungi kunga qadar ushbu yer maydonida qurilish ishlarini amalga oshirmasdan «Elmurod» ismli shaxs orqali 3 mln. AQSh dollariga sotayotganligi haqida tezkor ma’lumot olingan.
Tadbir davomida, 40 gektar yer maydoniga egalik huquqi bo‘lmagan to‘rt nafar tadbirkor hamda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi yordamchisi fuqaro D.A.ga 3 mln. AQSh dollari evaziga sotishga kelishib, oldindan 180 ming AQSh dollarini avans sifatida olgan vaqtlarida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqandda 1 gektar yerni 430 ming dollarga, Bo‘stonliqda esa 5 gektar bo‘sh yer maydonining 1 mln dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
19:52 / 24.04.2025
Farg‘onada 2 gektar yer maydonini 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
19:06 / 18.03.2025
Bo‘stonliqda 20 sotix yerni 230 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
23:32 / 15.03.2025