O‘zbekiston | 10:42 / 17.04.2022
11491
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 30 sotix yerni 6 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida qo‘lga olindi.

O‘tkazilgan tadbir davomida X.U. (1978 yilda tug‘ilgan) mahalliy fuqaroga Kattaqo‘rg‘on tumani Qoradaryo atrofidagi 30 sotix yer maydonini 6 000 dollarga sotishga kelishib, so‘ralgan puldan 3000 dollarni olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida maktabgacha ta’lim muassasasi va savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari qurilishi uchun ajratilgan 40 gektar yerni 3 million dollarga sotishga uringan shaxslar ushlangandi.

Mavzuga oid