Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedchuk Putin va Zelenskiydan o‘zini Mariupol aholisiga almashishlarini so‘radi
Avvalroq Medvedchukning xotini uni britaniyalik asirlarga almashishni so‘ragandi.
Ukrainadagi «Oppozitsionnaya platforma — Za jizn» partiyasi siyosiy kengashi rahbari Viktor Medvedchuk o‘zini «Mariupol himoyachilari va aholisi»ga almashishlarini so‘radi. Siyosatchining murojaati Ukraina xavfsizlik xizmati YouTube-kanalida e’lon qilindi.
«Men Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga meni Mariupol himoyachilari va hozirda u yerda bo‘lgan hamda gumanitar yo‘laklar orqali xavfsiz tarzda chiqa olmaydigan aholiga almashishlarini so‘rayman», — dedi u.
RBKning xabariga ko‘ra, shu bilan bir vaqtda «Rossiya 24» telekanali Ukrainada asirga olingan Buyuk Britaniya fuqarolari Shon Pinner va Eyden Aslinni namoyish etgan.
Ular Britaniya hukumati, xususan, bosh vazir Boris Jonsondan o‘zlarini Medvedchukka almashtirishda yordam so‘ragan.
Viktor Medvedchuk ukrainalik rossiyaparast siyosatchi hisoblanadi. U Rossiya Ukrainada harbiy harakat boshlagach, yo‘qolib qolgandi. 12 aprel kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Medvedchuk qo‘lga olinganini aytib, uni ukrainalik asirlarga almashishni taklif qildi.
Medvedchuk qo‘lga olingach, uning xotini Oksana Marchenko o‘zining YouTube sahifasida qator davlat rahbarlari, xususan, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an, Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qildi.
17 aprel kuni Marchenko erini Rossiya armiyasiga asir tushgan Shon Pinner va Eyden Aslinga almashish haqida gapirdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025