Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Asadov Afg‘onistondan Termizga raketa otilgani haqidagi xabarlar feyk ekanini aytdi
Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Afg‘oniston hududidan Termizga raketa zarbalari berilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
«Ayrim Telegram-kanallar tomonidan Termiz shahri atrofida O‘zbekiston harbiylari Afg‘oniston hududidan raketalar bilan o‘qqa tutilgani to‘g‘risida tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Chegara qo‘shinlari bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida hech qanday harbiy faollik kuzatilmayapti, vaziyat barqaror. Provokatsiyaga berilmasligingizni so‘raymiz», deb yozdi Asadov o‘z rasmiy kanalida.
Mavzuga oid
20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025