Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tadbirkorga 2 mln dollar imtiyozli kredit olib berishni va’da qilganlar ushlandi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tadbirkorga 2 mln AQSh dollari imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqarolar M.M. va S.N. “D..-” MChJ rahbari X.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tijorat bankidan 2 mln AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit olib berish evaziga, kredit summasining 5 foizini hisoblab, ya’ni 100 ming AQSh dollari ustama puli so‘rashib, shundan 55 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumotda aytilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan oldin tadbirkorga 1 milliard so‘m imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan mutaxassis ushlangandi.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
18:22 / 28.04.2025
Fitch agentligi Toshkentning kredit reytingini qayta tikladi
19:43 / 18.04.2025
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 23,5 mln yevro kredit olinadi
19:57 / 14.04.2025