Jamiyat | 15:59 / 19.04.2022
18124
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda voyaga yetmagan qizlarga nisbatan uyatsiz harakatlar sodir etgan maktab psixologiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 158-sonli maktabda o‘quvchi qizlarga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar sodir etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Joriy yilning 7 aprel kuni Mirobod tumanidagi 158-sonli maktabda 1963 yilda tug‘ilgan, shu maktabda psixolog lavozimida ishlovchi A.G. voyaga yetmagan qizlarga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar sodir etgani aniqlangan.

IIBB xabarida aytilishicha, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi (“O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi A.G. shahar klinik psixiatriya shifoxonasiga joylashtirilgan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi IIBB xabarida.

Mavzuga oid