Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kasanachilar bilan ishlaydigan tadbirkorlarga 500 mlrd so‘m yo‘naltiriladi
O‘zbekistonda kasanachilar bilan ishlaydigan tadbirkorlarga 500 mlrd so‘m ajratiladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda kasanachilikni rivojlantirish xotin-qizlar, nogironligi bor aholini ish bilan ta’minlash uchun yaxshi imkoniyat ekanligi ta’kidlandi.
- Shu munosabat bilan, kasanachilar bilan ishlaydigan tadbirkorlarga:
- oilaviy tadbirkorlik dasturidan 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi;
- oladigan kreditlari bo‘yicha Tadbirkorlik jamg‘armasidan 75 foizlik kafillik beriladi hamda foiz xarajatlarining 10 foizdan yuqori qismi qoplab beriladi.
Kasanachilarga esa:
- o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar kabi faqat ijtimoiy soliq to‘lash imkoniyati beriladi;
- olis hududda ishlayotgan kasanachilarning dastlabki 1 oylik ish haqi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Viloyat hokimlariga ushbu imkoniyatlardan foydalanib yil yakuniga qadar 100 ming nafar aholining bandligini ta’minlash topshirildi.
Mavzuga oid
18:27 / 31.07.2024
Hazoraspda kasanachi dehqonning 1500 tut niholi nobud qilindi
12:24 / 24.02.2023
Ish beruvchilarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni kasanachi sifatida jalb qilishga ruxsat berildi
08:50 / 07.01.2023
O‘zbekistonda kasanachining har yilgi mehnat ta’tili muddati belgilanadi
12:18 / 26.11.2022