Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:50 / 07.01.2023
2366
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda kasanachining har yilgi mehnat ta’tili muddati belgilanadi
Foto: Kun.uz
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi tasdiqlanishi munosabati bilan O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilgan:
- qarorning 2 va 5-bandlaridagi vazirlikning bugungi kundagi nomlariga o‘zgartirish;
- 6-bandida kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha ishchi komissiyalar tarkibini belgilash;
- qaror bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandida fuqarolarning ayrim toifalari uchun ustuvor tartibni belgilash;
- 10-bandida kasanachilik asosida ishga qabul qilingan fuqarolarga elektron mehnat daftarchalari yuritilishini belgilash.
- 12-bandida kasanachilik faoliyati bo‘yicha ishlarni bajarish, tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish haqidagi fuqarolik-huquqiy shartnomalar, shu jumladan pudrat shartnomasi asosida tashkil etishga ruxsat etish;
- 14-bandida kasanachining elektron mehnat daftarchasi ish beruvchi tomonidan yuritilishi belgilash;
- 27-bandida kasanachining ish haqi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi va eng yuqori miqdor bilan cheklanmasligini belgilash;
- 36-bandida kasanachining har yilgi mehnat ta’tili muddatlarini belgilash;
- Vazirlar Mahkamasi qarori 1-bandida ish beruvchi va kasanachi o‘rtasida tuzilgan shartnomalar Davlat soliq qo‘mitasi Yagona elektron shartnomalar axborot portalida majburiy tartibda ish beruvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishini belgilash.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
16:13 / 31.03.2025
Samarqanddagi sammit sabab ba’zi talabalarga qisqa muddatli ta’til beriladi
19:43 / 17.03.2025
Maktablarda bahorgi ta’til 21 martdan boshlanadi
18:10 / 10.01.2025
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilini yakunladi
16:40 / 18.12.2024