Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda To‘raqo‘rg‘on va Davlatobod tumanlari chegarasi o‘zgartiriladi
Oliy Majlis Senatining “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on hamda Namangan shahri tarkibidagi Davlatobod tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Hujjat loyihasi bilan Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinishi va Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Namangan shahri tarkibidagi Davlatobod tumani hududi chegaralari o‘zgartirilishi belgilanmoqda.
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidan 472,2 gektar (shundan 416,9 gektar qishloq xo‘jaligi) yer maydoni Davlatobod tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahri tarkibidagi Davlatobod tumanining o‘zgartirilayotgan hududlari chegaralarining tavsifi va kartografik chizmasi chegaralari chizig‘i tavsifi tasdiqlanadi.
Qaror loyihasida hujjat ilovalari berilmasligi aytilgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror ijrosi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlashi qayd etilgan.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025