Jahon | 14:22 / 20.04.2022
6947
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiya Ukrainaga "Mistral" zenit-raketa majmualarini taqdim etadi 

Norvegiya mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, majmualar Ukrainaga katta foyda keltiradi. 

Foto: Sean Gallup/Getty Images

Norvegiya hukumati Ukraina qurolli kuchlariga beg‘araz asosda "Mistral" zenit-raketa majmualarini beradi. Bu haqda qirollik mudofaa vaziri Byorn Arild Gram ma’lum qildi.

"Mistral" zenit-raketa majmualari – flotda foydalaniladigan va Ukrainaga katta foyda keltiradigan samarali qurol", - dedi u.

Stavanger Aftenblad nashrining yozishicha, "Mistral"dan Norvegiya korvetlarida foydalanilgan. Ammo mamlakat hukumati bu tizimlarni almashtirishni rejalashtirmoqda.

Mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, majmualarning berib yuborilishi mamlakat mudofaa imkoniyatlari uchun jiddiy oqibatlarga sabab bo‘lmaydi.

"Bu majmualar Norvegiya qurolli kuchlari tasarrufidan chiqariladi, ammo ular hali ham zamonaviy va samarali qurol hisoblanadi", deb hisoblaydi Byorn Arild Gram.

Avvalroq Norvegiya hukumati Kiyevga 4 mingga yaqin tankka qarshi raketalar va boshqa turdagi harbiy anjomlarni jo‘natishga qaror qilgandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid