Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda fudshering platformalari va oziq-ovqat banklari tashkil etilishi mumkin
Birgina Toshkentda har yili 730 tonnaga yaqin non chiqindiga tashlanmoqda.
2022 yil 21 aprel kuni Adliya vazirligi tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini kamaytirish va kam ta’minlangan aholini bepul iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Tadbirda butun dunyo bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligi ortib borayotgani qayd etildi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilgan jami oziq-ovqat mahsulotlarining 1,64 milliard tonnasi (jami oziq-ovqat mahsulotlarining 31 foizi) chiqindiga aylangan. Yo‘qotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining 25 foizi esa butun dunyodagi ochlik muammosini to‘liq hal qilish imkoniyatini beradi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda har yili 3 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari chiqindiga aylanmoqda. Birgina Toshkent shahrida har kuni 2 tonnaga, yiliga 730 tonnaga yaqin non mahsuloti chiqindiga tashlanadi.
Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligiga xayriya qilingan mahsulotlar uchun soliq yukining yuqoriligi, fudshering platformalarining mavjud emasligi, oziq-ovqat banklari faoliyatining yo‘lga qo‘yilmaganligi kabi muammolar sabab bo‘lmoqda.
Tadbirda oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini kamaytirish borasida xorijiy davlatlarda qo‘llanilayotgan choralar, xususan, xayriya faoliyati uchun soliq imtiyozlarini joriy etish, fudshering platformalari va oziq-ovqat banklari faoliyatini rivojlantirish, yaroqlilik muddatini belgilash tizimini takomillashtirish kabilarni O‘zbekistonda ham joriy etishga, bu bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid
13:31 / 10.04.2025
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda
21:15 / 09.04.2025
AQSh qashshoq mamlakatlar uchun ilgari yopilgan bir nechta oziq-ovqat dasturlarini tiklaydi
11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi
10:10 / 04.04.2025