Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 4 700 nafar ayollarning farzandlari uchun bog‘cha to‘lovi budjetdan qoplab beriladi
Qashqadaryoda 4 700 nafar yolg‘iz va muhtoj ayollarning farzandlari uchun davlat bog‘chalari to‘lovi budjetdan qoplab beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda viloyatda 58 ming nafar xotin-qizlar ishsiz. Bu muammolar bilan tizimli ishlash uchun 813 ta mahallaning har birida xotin-qizlar faoli ish boshlagan. Ushbu faol ayollarimiz xotin-qizlarning yaqin ko‘makchisiga aylanishi zarurligi aytildi.
8,5 ming nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun, 83 milliard so‘m imtiyozli kreditlar yo‘naltiriladi. 1 ming 200 nafar ayollarga tikuvchilik, ip-yigiruv, qandolatchilik va sartaroshlik uskunalari sotib olish uchun subsidiyalar ajratiladi. 8,5 ming nafar xotin-qizlar kasanachilikka jalb etiladi.
Joriy yilda viloyatda 500 nafar ehtiyojmand ayollarga uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar beriladi. Ijarada yashayotgan 785 nafar ayollarga kompensatsiya ajratiladi, 112 nafar muhtoj va uy-joysiz yolg‘iz ayollar ijtimoiy uylarga joylashtiriladi.
Yangi o‘quv yilidan 12 ming 410 nafar talaba qizlarga kontrakt to‘lovi uchun foizsiz kreditlar berish boshlanadi. Yangi o‘quv yilidan boshlab, magistraturada kontrakt asosida o‘qiyotgan 702 nafar talaba qizlarning kontrakt pullari budjetdan to‘lab beriladi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025