O‘zbekiston | 13:49 / 22.04.2022
10910
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadan qaytgan talabalarga o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat berildi 

Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat etildi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan Ukrainadan qaytib, respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishga ruxsat berildi.

Shu munosabat bilan ariza topshirgan talabalar joriy yil 26 apreldan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishi lozim.

O‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, so‘nggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik ta’tilda bo‘lgan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirishga rad javobi beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid