Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:51 / 25.04.2022
9546
2 daqiqa o‘qiladi
Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilib borilishi belgilandi
“Ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 dekabrgacha e-ngo.uz elektron portalida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:
- NNTlar tomonidan dasturlar ishlab chiqishda qatnashish, ularning ijrosini monitoring qilish, monitoring natijasi bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan hujjatni, qonunchilik hujjatlari loyihalariga oid takliflarni mas’ul davlat organlariga kiritish;
- NNTlarning dasturlar yuzasidan bergan takliflarini ko‘rib chiqish natijalarini elektron portalga joylashtirish;
- NNTlarning jamoatchilik nazorati yakunlari bo‘yicha tayyorlagan hujjatlarini davlat organlariga yuborish va ularni ko‘rib chiqish natijalarini e’lon qilish.
2023 yil 1 yanvardan quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga majburiy joylashtiriladi:
- ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalari;
- loyihalarni amalga oshirish uchun NNTlarga davlat ijtimoiy buyurtmasini berishga oid e’lonlar;
- kelgusi yil uchun jamoat fondlariga yuboriladigan buyurtmanomalar;
- davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablag‘larning sarflanish holati.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:15 / 01.04.2025
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
14:53 / 05.03.2025
Foydali qazilmalarni qazib chiqarishni nazorat qilish tartibi tasdiqlandi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
16:21 / 12.07.2024