Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Makronni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga tabrik yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni Fransiyada bo‘lib o‘tgan prezident saylovida g‘alaba qozongani bilan tabriklagan.
"Aminmanki, davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch ruhidagi uzoq muddatli hamkorlik munosabatlari birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz va intilishlarimiz orqali xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil rivojlanib boraveradi", deyiladi davlat rahbarining maktubida.
Fransiyada 24 aprel, yakshanba kuni prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Amaldagi prezident Emmanuel Makron saylovchilarning 58,55 foiz ovozi bilan g‘alaba qozondi. Uning raqibi – «Milliy birlashuv» partiyasi raisi Marin Le Pen uchun saylovga kelganlarning 41,45 foizi ovoz berdi. Fransiya prezidenti to‘g‘ridan to‘g‘ri umumiy ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. Agar birinchi turda nomzodlarning hech biri ko‘pchilik ovozga ega bo‘lmasa, eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod o‘rtasida ikkinchi tur o‘tkaziladi.
Fransiyadagi saylovlar natijalari bo‘yicha beshta fakt
- Emmanuel Makron so‘nggi 20 yil ichida qatorasiga ikki saylovda g‘olib chiqqan ilk prezident bo‘ldi. Fransiyada so‘nggi bor ikki muhlatga davlat rahbari bo‘lgan shaxs Jak Shirak bo‘lgandi — 1997 yildan 2002 yilgacha va 2002 yildan 2005 yilgacha;
- Emmanuel Makronning g‘alabasi Fransiyada markazchi kuchlar uchun tarixdagi ikkinchi g‘alaba bo‘ldi, amaldagi prezident hokimiyat tepasida o‘n yil qolishi mumkin. 1965 yildan buyon o‘ng qarashlar vakili bo‘lgan prezidentlar mamlakatni jami 33 yil mobaynida boshqarishgan, so‘l kuchlar nomzodlari esa — 19 yil;
- Elabe instituti ma’lumotiga ko‘ra, prezidentlik saylovida ovoz berishdan bosh tortgan fransuz saylovchilari ulushi 28 foizni tashkil etgan. Bu 1969 yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich. Taqqoslash uchun, 2017 yilda fransuzlarning 25,44 foizi, 2012 yilda — 19,65 foizi ovoz berishda ishtirok etmagan;
- Ipsos o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Emmanuel Makron yosh saylovchilar (18-24 yoshlilar) tomonidan faol qo‘llab-quvvatlangan, yoshlarning 61 foizi markazchilar nomzodini tanlagan, shuningdek keksa yoshli (70 yoshdan katta) saylovchilar ham amaldagi prezident uchun ovoz bergan;
- Emmanuel Makron — Yevroittifoqdagi eng kuchli iqtisodiyotlarga ega asosiy uchlikdagi eng tajribali yetakchi bo‘lib qoldi, bu uchlikka Fransiyadan tashqari Germaniya va Italiya kiradi. GFRning sobiq kansleri Angela Merkel o‘rnini 2021 yil dekabrida Olaf Shols egallagan, italyanlar bosh vaziri Mario Dragi — hukumat tepasiga 2021 yil fevralida kelgandi.
Mavzuga oid
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
16:40 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
22:50 / 15.05.2025
Makron va ro‘molcha: nima gap o‘zi?
12:15 / 14.05.2025