Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI mamlakatlari Rossiya nefti va gaziga embargo qo‘yish masalasida bir to‘xtamga kela olmadi
Yevroittifoqning ayrim mamlakatlari Rossiya nefti va gazidan voz kechishga qat’iyan qarshi chiqmoqda.
Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya» tufayli Rossiya nefti va gaziga taqiq qo‘yish g‘oyasi Yevroittifoq mamlakatlari tomonidan yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmadi, dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel. Bu haqda Die Welt gazetasi xabar berdi.
«Neft va gaz importini to‘xtatish yoki jarimalar kiritish Vladimir Putinga bosim o‘tkazish va uni muzokaralar stoliga jalb qilishda muhim o‘rin tutgan bo‘lardi. Ammo hozirda bu masalada yagona pozitsiyaga ega emasmiz», — dedi Borrel.
Uning so‘zlariga ko‘ra, alyansning ayrim a’zolari energetika embargosini qo‘llab-quvvatlashga tayyor emasligini ochiq-oydin ma’lum qilgan. Bu mavzu Yevroittifoqning 30-31 may kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitida yana muhokama qilinadi, dedi diplomat.
Yevroittifoqning ayrim mamlakatlari Rossiya nefti va gazidan voz kechishga qat’iyan qarshi chiqmoqda, deb yozadi gazeta. Ular orasida, jumladan, Germaniya va Avstriya bor. Ular muqobil manbalar topilmagunicha import to‘xtatilishiga qarshilik bildirdi.
Neft eksporti Kremlning asosiy xorijiy valuta manbasi hisoblanadi, deb yozadi Reuters. Avvalroq Borrel Yevroittifoq «maxsus operatsiya» boshlanganidan beri Ukrainaga 1 mlrd, Moskvaga esa energiya resurslari uchun 35 mlrd yevro o‘tkazganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025
YeI Putinga qattiqroq va tezroq bosim o‘tkazishga qaror qildi
23:00 / 20.05.2025