Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har yili 1000 nafar tibbiy yordamga muhtoj tibbiyot xodimida yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkaziladi
2022 yil 1 noyabrga qadar davlat tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 2022 yil yakuniga qadar Andijon, Buxoro va Xorazm tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalarining neyroxirurgiya bo‘limlari negizida yuridik maqomga ega bo‘lmagan hududlararo neyroxirurgiya markazlari tashkil qilinadi.
Prezident qaroriga asosan, o‘z mahallasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan, shaxsiy namuna ko‘rsatgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari uchun “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.
2022 yil 1 iyundan boshlab qon bilan bevosita ishlayotgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini gepatit “V” kasalligiga qarshi bepul emlash amaliyoti joriy etiladi.
Har yili 1 000 nafargacha imtiyozga ega bo‘lmagan, uzoq yillar davomida davlat tibbiyot muassasalarida mehnat qilayotgan bemor tibbiyot xodimlarida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkaziladi.
Bundan oldin shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat berilayotgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi
17:46 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
19:22 / 04.04.2025
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
15:43 / 12.09.2024