O‘zbekiston | 07:39 / 27.04.2022
3597
1 daqiqa o‘qiladi

1 oktyabrga qadar mahalliy aviaqatnovlarga mo‘ljallangan yangi Silk Avia aviakompaniyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda 1 oktyabrga qadar mahalliy aviaqatnovlarga mo‘ljallangan yangi Silk Avia aviakompaniyasi tashkil etiladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda xorijiy va ichki sayyohlarning aviaqatnovlarga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi. 

Jumladan:

  • 1 iyuldan “Ziyorat turizmi” dasturi doirasida xorijiy aviakompaniyalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi;
  • yil yakunigacha mahalliy aviaqatnovlar soni haftasiga 48 tadan 60 taga, tutashuvchi qatnovlar soni 4 tadan 6 taga yetkaziladi;
  • 1 oktyabrga qadar mahalliy aviaqatnovlarga mo‘ljallangan yangi Silk Avia aviakompaniyasi tashkil etiladi;
  • aviatashish xarajatlarini kamaytirish maqsadida 9 ta samolyot to‘liq ekonom-klassga o‘tkaziladi (bunda tariflar 20 foizga arzonlashadi).

Turizm va Transport vazirliklariga bir oy muddatda turizm sohasida transport infratuzilmasini yaxshilash konsepsiyasini taqdimot qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid