Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lissabon masofadan ishlaydiganlar uchun eng yaxshi shahar deb topildi
Portugaliya poytaxti iliq iqlimi, arzon narxlar va tezkor internet bilan o‘ziga jalb qilgan.
Lissabon masofadan ishlaydigan top-menejyerlar va xodimlar uchun eng jozibador shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Reyting Savills ko‘chmas mulk brokeri tadqiqotlari asosida tuzildi.
Portugaliya poytaxti «raqamli ko‘chmanchilar»ni iliq iqlimi, arzon narxlar va tezkor internet bilan o‘ziga jalb qiladi, deya fikr bildirgan kompaniya tahlilchilari.
Shu bilan birga, xorijliklar Lissabonda yashash uchun mahalliy aholiga nisbatan ikki baravar ko‘proq to‘lashga tayyor, deb yozadi Bloomberg Portugaliya milliy statistika instituti ma’lumotlariga asoslanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning oktyabridan dekabriga qadar xorijliklar Lissabondagi xonadonlarning har bir kvadrat metri uchun o‘rtacha 4283 yevro to‘lagan, mahalliy aholi esa 1858 yevro to‘lagan.
O‘sha davr mobaynida shaharda ko‘chmas mulk narxi 11,4 foizga oshgan.
Reytingda ikkinchi o‘ringa AQShning Mayami shahri joylashdi. Qayd etilishicha, bu shahar soliq imtiyozlari, past foiz stavkalari va masofadan ishlashga nisbatan qulay siyosat tufayli xodimlarni jalb etmoqda. Reytingga shuningdek, Dubay, Barbados, Barselona va Dubrovnik shaharlari kiritilgan.
Mavzuga oid
16:11 / 27.03.2025
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha dunyoda 64-o‘rinni egalladi
14:55 / 18.03.2025
Dunyoning asosiy gastronomik shahri ma’lum qilindi
21:37 / 12.11.2024
Portugaliyada Aleksey Navalniy memoriali ochildi. U Rossiya elchixonasi yaqinida joylashgan
14:57 / 16.08.2023