Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Turkiyadan Tojikistonga «Bayraktar» dronlarini sotmaslikni so‘radi
Jeenbek Kulubayevning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston bu masala bo‘yicha Turkiya bilan muzokara o‘tkazadi.
Turkiya Tojikistonga «Bayraktar» dronlarini yetkazib bermoqda. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligiga nomzodi ko‘rib chiqilgan parlament yig‘ilishida Jeenbek Kulubayev ma’lum qildi.
Deputat Mirlan Samiykojo Turkiya Tojikistonga «Bayraktar» dronlarini yetkazib berayotgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan izoh so‘radi.
Jeenbek Kulubayev Tojikiston Turkiyadan dronlar sotib olganini tasdiqladi.
«Ha, bu rost. Turkiya Tojikistonga «Bayraktar» jo‘natgan. Ilgari biz Turkiya tomonidan bu masalada ehtiyotkor bo‘lishni so‘ragandik, chunki Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi muammolar hali hal bo‘lmagan. Biz qo‘shni mamlakatlarga dronlar sotmaslikni so‘radik. Ular bu biznes, harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish masalasi ekanligini aytishdi», — dedi u.
Kulubayevning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston bu masala bo‘yicha Turkiya bilan muzokara o‘tkazadi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025