Jahon | 14:49 / 28.04.2022
10772
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada parlamenti Ukrainadagi voqealarni genotsid deb atadi

Qayd etilishicha, «tizimli va ommaviy harbiy jinoyatlar hamda insoniyatga qarshi jinoyatlar to‘g‘risida aniq va yetarli dalillar mavjud».

Foto: REUTERS/Zohra Bensemra

Kanada parlamenti jamoatchilik palatasi Ukrainadagi voqealarni genotsid deb tan oluvchi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi, deb xabar berdi CBC.

Rezolyutsiyada aytilishicha, «tizimli va ommaviy harbiy jinoyatlar hamda insoniyatga qarshi jinoyatlar to‘g‘risida aniq va yetarli dalillar mavjud».

Qayd etilishicha, mazkur hujjat hukumatni Rossiyaga nisbatan yanada keskin choralar ko‘rishga undashga qaratilgan. Rezolyutsiya majburiy tusga ega emas va Ottavaga qandaydir choralar ko‘rish majburiyatini yuklamaydi. 

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi voqealarni genotsid deb atagandi.

Keyinchalik Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki Baydenning so‘zlari uning shaxsiy fikri ekanligini aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid