O‘zbekiston | 12:18 / 29.04.2022
7657
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi Samarqand shahar bo‘limi bosh mutaxassisi 35 ming dollar bilan ushlandi

Samarqand viloyatida MChJga qarashli yerni sotmoqchi bo‘lgan bosh mutaxassis ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, viloyat tadbirkorlikka ko‘maklashish markazining Samarqand shahar bo‘linmasi bosh mutaxassisi J.Sh. fuqaro T.ning ishonchiga kirib, unga Nurobod tumanidagi “Q.D.” MChJga qarashli 78 gektar yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan 135 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 35 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mahkama xabarida aytilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Toshkent tumani hokimi yordamchisi va uning sinfdoshi 4 sotix yerni 30 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda ushlangandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid