Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda YPX xodimining pogoni, ko‘krak nishoni va bodikamerasini yulib olgan 7 nafar shaxs 15 sutkaga qamaldi
Sud qaroriga ko‘ra YPX xodimlarining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan 7 nafar shaxs 15 sutkaga qamalgan. Ikki nafariga esa ogohlantirish berilgan.
Bundan bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumanida bir guruh shaxslar YPX mashinasini qurshab olgani va uning ichida o‘tirgan xodimlarni kuch ishlatib mashinadan tortib tushirgani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil 26 aprel kuni soat taxminan 17:00 larda Chiroqchi tumani IIB YHXB YPX inspektorlari tomonidan tuman markazidagi “Oziq-ovqat dehqon” MChJ bozori atrofida jamoat tartibini saqlash hamda mashinalar tirbandligining oldini olish maqsadida patrul maxsus avtomashinasining ovoz kuchaytirgich moslamasi bilan xizmat olib borilgan.
Shu jarayonda bir necha kishi xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan faol qarshilik ko‘rsatgan. Ulardan biri patrul avtomashinasining old o‘rindig‘ida bo‘lgan YPX katta inspektori B.Karimovning pogoni, bodikamerasi va ko‘krak nishonini yulib olgan. Shundan so‘ng xodimlar tomonidan qo‘shimcha kuchlar chaqirtirilib, jamoat tartibi tiklangan. Gumon qilinuvchilarning shaxsi aniqlanib, tegishli tartibda qamoqqa olingan.
Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi tomonidan YPX xodimlarining qonuniy faoliyatiga qarshilik qilgan 9 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi, 194-moddasi 1-qismi, 195-moddasi, 201-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan. Sud ulardan 7 nafariga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan, 2 nafariga ogohlantirish bergan.
Avvalroq Surxondaryo viloyatida YPX xodimini do‘pposlagan qoidabuzar haydovchi qamoqqa olingandi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025