Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Rossiyaning “maxsus operatsiyasi” cho‘zilib ketganini aytdi
Belarus prezidenti yadro qurolidan aslo foydalanib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Associated Press muxbiri bilan suhbatda Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus operatsiyasi”ni cho‘zilib ketgan deb hisoblashini aytdi.
«Bu ruslar aytganidek reja bo‘yicha ketayotgani haqida gapiradigan darajada ma’lumotga ega emasman. Yana bir bor ta’kidlayman, operatsiya cho‘zilib ketdi degan fikrdaman», — dedi u.
Lukashenko shuningdek, yadro qurolini aslo qo‘llab bo‘lmasligini aytdi.
«Yadro qurolidan foydalanish mutlaqo mumkin emas deb hisoblayman. Chunki u bizning yonimizda. Biz Qo‘shma Shtatlar singari okean ortida emasmiz. Undan foydalanib bo‘lmaydi, chunki Yer shari orbitasidan chiqib ketishi va biz noma’lum tomonga uchib ketishimiz mumkin», — dedi Belarus prezidenti.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 fevralda Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganini e’lon qilgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025