Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2023 yil 1 yanvardan bojxonachilar daromadi va mol-mulkini deklaratsiyalash joriy etiladi
2023 yil 1 yanvardan bojxona organlari xodimlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash joriy etiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Husan Tangriyev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023 yil yakuniga qadar respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida «Masofaviy bojxona nazorati» tizimi joriy etiladi.
2022 yil 1 iyuldan bir bojxona postida uch yildan ortiq xizmatni o‘tagan xodimlar rotatsiya qilinadi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab bojxona organlari xodimlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash amaliyoti bosqichma-bosqich joriy etiladi.
2022 yil 1 dekabrdan bojxona ko‘rigi jarayonlari qamrab olingan mobil elektron tizim ishga tushiriladi.
Bundan tashqari, 2022 yil 1 iyunga qadar kadrlarni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlash hamda tanlov jarayonlarining natijalarini internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida e’lon qilib borish yo‘lga qo‘yiladi.
2022 yil 1 sentabrga qadar xalqaro standartlarga muvofiq komplayens nazorat tizimi to‘laqonli ishga tushiriladi.
2022 yil 1 oktyabrga qadar bojxona yuk deklaratsiyalarini «Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlarida rasmiylashtirish tartibi joriy qilinadi.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025