Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniy meros yodgorliklariga zarar yetkazilgani haqida ishonch telefoni orqali xabar berish yo‘lga qo‘yildi
Madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan ishonch telefoni ishga tushdi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda uning huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilish maqsadida ishonch telefoni ishga tushirildi.
“Endi mamlakatimiz fuqarolari va yurtimiz mehmonlari biror bir obidaga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar yoki ularga bo‘layotgan xavfni sezgan holatda +(71) 200 01 18 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.
Madaniy merosni asrash jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchi ekanligini yodga solgan holda, yurtdoshlarimizni merosimizga ziyon yetkazilishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish yoki ularni bartaraf etishda bizga ko‘makdosh bo‘lishga chorlab qolamiz”,- deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, “Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 36-moddasida madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘lishlari belgilangan. Endilikda bunday holatlar haqida +(71) 200 01 18 ishonch telefoni orqali xabar berish mumkin.
Mavzuga oid
21:09 / 15.05.2025
“Aniq reja yo‘q” - Hastimomdagi obig‘ishtlar taqdiri nima bo‘ladi?
20:46 / 27.12.2023
«Qadriyat» elektron platformasi va mobil ilovasi yaratiladi
16:31 / 29.09.2023
«Sharq» nashriyoti va O‘zAga tegishli binolarni xususiylashtirish bilan bog‘liq jarayon haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi
12:32 / 29.09.2023