O‘zbekiston | 10:05 / 06.05.2022
4601
2 daqiqa o‘qiladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning soliqqa tortilmaydigan daromadi miqdori oshirildi

2022 yil 5 may kuni imzolangan 767-son qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.

Foto: Kun.uz

Vaqtinchalik soliq imtiyozlariga, prezident yoki hukumat qarorlarida yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i hamda yuridik shaxslarning yer solig‘idan to‘liq ozod qilish imtiyoziga ega soliq to‘lovchilar mazkur soliqlarni 1 foizi miqdorida to‘laydi. Mazkur tartib 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

Foyda solig‘ini hisoblashda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga xayriya qilingan mablag‘lar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.

Bolalikdan nogiron bo‘lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori 3 baravari (2 mln 466 ming so‘m) miqdoridagi mablag‘lari daromad solig‘iga tortilmaydi. Ilgari bu mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori 1,41 baravari edi – 1 mln 159 ming so‘m. 

Ushbu tartib 2022 yil 1 martdan yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar 5 yil muddatga yer solig‘idan ozod qilinadi. Ilgari 3 yil edi.

Ushbu tartib 2022 yil 1 yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid