Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida uch nafar qirg‘izistonlik halok bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston chegarachilari 5 may kuni Qirg‘izistonning uch nafar fuqarosiga qarshi qurol ishlatgan. Bu haqda 24.kg Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmatiga asoslanib xabar bermoqda.
«Hodisa Jalolobod viloyati, Ola-Buqa tumani, «Aktam» MFYning Doboqo‘rg‘on massivida sodir bo‘lgan. Uch nafar qirg‘izistonlik o‘qdan jarohat olgan, ular Ola-Buqa tumanidagi shifoxonaga yetkazilgan. Bemorlar o‘sha yerda hushlariga kelmay vafot etgan», — deyiladi xabarda.
Sodir bo‘lgan holat yuzasidan Qirg‘izistonning Ola-Buqa yo‘nalishi bo‘yicha chegara xizmati vakillari O‘zbekistonning Yangiqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘yicha chegara xizmati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Tomonlar xizmat tekshiruvining yakuni bo‘yicha 6 may kuni yana qayta uchrashishga kelishib olgan. Sodir bo‘lgan holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan tergov harakatlari boshlangan.
Avvalroq, aprel oyining boshlarida ham O‘zbekiston chegarachilari Qirg‘iziston hududidan noqonuniy yuk olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslarga qarata o‘q uzgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
20:42 / 20.05.2025