Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda ota-onalar to‘lagan badal pullarini o‘zlashtirgan maktab direktori o‘rinbosari va sobiq huquqshunos aniqlandi
Direktor o‘rinbosari ota-onalardan yig‘ilgan 207,7 million so‘m badal pullarini o‘zlashtirib yuborgan. ETK sobiq huquqshunosi esa 28 nafar fuqaroning qarzlarini o‘chirib berish evaziga ulardan 47 million so‘m olgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda, tumandagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘quvchilarning ota-onalari to‘lagan 207,7 million so‘m badal pullarini bank muassasasiga topshirmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan. Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning 115 mln so‘mi undirilishi ta’minlangan.
Shuningdek, departamentning Sho‘rchi tuman bo‘limi tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda, korxonaning sobiq huquqshunosi I.J. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) 28 nafar fuqaroning elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berish evaziga 47 million so‘m naqd pulini qo‘lga kiritgani aniqlangan. Tekshiruv davomida I.J. o‘z aybiga iqror bo‘lib 2,2 million so‘mni qaytargani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:40 / 16.05.2025
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi
15:44 / 14.05.2025
Baliqchida mas’ullar budjet mablag‘larini soxta hujjatlar bilan o‘zlashtirgani aniqlandi
18:30 / 29.04.2025
Qo‘shko‘pirda sochi o‘rilmagan qizni kaltaklagan maktab direktori ishdan bo‘shatildi
13:58 / 29.04.2025