Jahon | 13:52 / 07.05.2022
25855
6 daqiqa o‘qiladi

Otishmalardan zada bo‘lgan ayol va hayvonot bog‘iga hujum. Urush suratlari

Urushning 72-kunida Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi ukrain harbiylari Xarkov oblastida beshta aholi punktini qaytarib olishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi. Ukraina tomoni Zmeiniy oroli yaqinida rossiyaliklar fregati yonib ketganini xabar qildi (Rada deputati Aleksey Goncharenko «Admiral Makarov» korabliga «Neptun» raketalari bilan zarba berilganini yozgan). Mariupoldagi tinch aholi vakillari yashiringan «Azovstal» zavodi hududidan yana 50 kishi evakuatsiya qilindi.

Ugledar shahridan bo‘lgan 93 yoshli Didenko Yekaterina Zaporojyedagi qochqinlar markazida ro‘yxatdan o‘tayotgan qizini kutmoqda
AP Photo/Evgeniy Maloletka

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

  • Mariupoldagi «Azovstal» hududidan 50 kishi evakuatsiya qilindi, shanba kuni navbatdagi urinish bo‘ladi.
  • Zelenskiy tungi murojaatida zavod hududida qurshovda qolgan harbiylarni olib chiqib ketishning diplomatik yechimini topish uchun «nufuzli vositachilarni jalb qilgani»ni aytdi.
  • Rossiyalik harbiylar juma kuni kechqurun Odessa oblasti hududiga ikki bor raketa zarbasi yo‘llagan. Qurbonlar yo‘q.
  • BBC rus xizmati urushda halok bo‘lgan 2120 nafar rossiyalik harbiylarning ism-shariflarini aniqladi.
  • Navbatdagi asirlar almashinuvi o‘tkazildi: Ukraina 41 kishini, jumladan 13 nafar tinch aholi vakilini asirlikdan qaytardi.
  • AQSh Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini ma’qulladi: bu yordam o‘q-dorilar, shuningdek radarlar va 150 mln dollarlik boshqa qurilmalarni o‘z ichiga oladi.

Xarkov

«Feldman Ekopark» hayvonot bog‘idan evakuatsiya, bu hudud rossiyaliklar bosqini boshlanganidan buyon doimiy ravishda o‘qqa tutib kelinmoqda. Hayvonot bog‘idagi 100 dan ortiq jonivorlar halok bo‘lishgan.
Carol Guzy / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
5 may kuni «Ekopark» o‘qqa tutilishi vaqtida 15 yoshli o‘smir halok bo‘ldi. U buyvollarni ko‘chirishga ko‘maklashayotgandi. Yana ikki xodim og‘ir tan jarohati olgan. Urush boshidan buyon hayvonot bog‘ining besh nafar xodimi halok bo‘ldi.
Carol Guzy / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Shu kuni shifoxonaga yaralangan rus askarlarini ham keltirishgan. Fotoda hayvonot bog‘i xodimi ulardan biriga qarab baqirmoqda.
Carol Guzy / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Zaporojye oblasti 

Bir qismi rossiyaliklar ishg‘olida bo‘lgan Zaporojye oblastidagi Novotavricheskoye qishlog‘ida yashovchi ayol o‘z uyida yuzaga kelgan holatni ko‘rsatmoqda
Ueslei Marcelino / Reuters / Scanpix / LETA
Novotavricheskoye qishlog‘ida yashovchi kishi halok bo‘lgan iti oldida. Qishloq so‘nggi bor 6 may kuni o‘qqa tutilgan.
Ueslei Marcelino / Reuters / Scanpix / LETA
Zaporojyega okkupatsiya qilingan va faol harbiy harakatlar olib borilayotgan regionlardan odamlar kelishi davom etmoqda. Fotoda — o‘z mushugi bilan evakuatsiya bo‘lgan ayol.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Energodardan Zaporojyega qochib kelgan ayol chaqalog‘ini o‘ynatmoqda
AP Photo/Francisco Seco

Mariupol 

Rossiyalik harbiy xizmatchilar «Azovstal»dan evakuatsiya qilingan tinch aholi vakillarini nazorat qilmoqda. RF mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 6 may kuni korxonadan 50 kishi olib chiqilgan. «Azovstal» — Mariupolda ukrain harbiylari nazoratida qolayotgan so‘nggi joy bo‘lib turibdi.
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Rossiyaparast kuchlar tankda Mariupol yaqinidagi Novoazovsk shahridan o‘tmoqda. Tankdagi zambarakka — «Kashmarik» yozuvi va smaylik tasviri tushirilgan
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaparast kuchlar tankdan «Azovstal»ni o‘qqa tutmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

Ukraina qurolli kuchlarining Mi-24 rusumli vertolyoti Ukraina sharqida parvoz qilmoqda
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
2S1 «Gvozdika» o‘ziyurar gaubitsasi, TASS ma’lumotiga ko‘ra, undan «agitatsiya snaryadlari» — ukrain askarlariga taslim bo‘lish taklif qilingan varaqalar otiladi. Foto: Stanislav Krasilnikov / TASS
Kramatorskda raketa zarbalaridan keyin kvartirasini tozalayotgan kishi. Rossiya armiyasi Ukraina nazoratidagi ushbu shaharni egallashga urinmoqda. Kramatorskning 250 ming kishilik aholisidan hozirda faqat beshdan bir qismi shaharda qolgan.
Front chizig‘ida joylashgan Mayaki qishlog‘i aholisi pensiya uchun navbatda turibdi. Xuddi shu vaqtda minomyotlardan o‘t ochildi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Pensiya uchun navbatda turgan ayol otishmalar ovozini eshitmaslik uchun qulog‘ini bekitmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Kiyev oblasti 

35 yoshli Anna Shevchenko Irpen yaqinidagi uyi bog‘ida omon qolgan gullarini sug‘ormoqda. Uning uyi butunlay buzilib ketgan, ammo Anna bobosi qurgan yog‘och uy vayronalari orasida umid chaqnashini ko‘rdi
AP Photo/Emilio Morenatti
Origova qishlog‘i hududida vayron bo‘lgan ko‘prik oldidan skuterida o‘tayotgan ukrainalik
AP Photo/Evgeniy Maloletka
Gostomeldagi Antonov aeroporti hududida bo‘lib o‘tgan janglar vaqtida portlamay qolgan snaryadlar
AP Photo/Efrem Lukatsky)

 

Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid