Uzbekistan Airways Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishida aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi
Uzbekistan Airways AJ 2022 yil 4 maydan Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishida aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi.
Aviakompaniya xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan mehmonlar va mahalliy aholi uchun qulaylik yaratish, shuningdek, mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish maqsad qilingan.
Parvozlar haftada bir marta – chorshanba kunlari quyidagi keltirilgan jadval (mahalliy vaqt) asosida amalga oshiriladi:
- Urganchdan jo‘nab ketish: 09:20;
- Farg‘onaga yetib borish: 11:00;
- Farg‘onadan jo‘nab ketish: 11:50;
- Urganchga yetib borish: 13:30.
Urganch – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 342 406 so‘mdan (bagajsiz) va 413 249 so‘mdan (bagaj bilan), Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha esa 649 391 so‘mdan (bagajsiz) va 791 077 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.
Bundan oldin Toshkentdan Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha parvozlar yo‘lga qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
15:37 / 07.11.2024
Xorazmda kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi
22:49 / 05.11.2024