Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
VEON O‘zbekistonni raqamlashtirishni jadallashtirishga sarmoya kiritadi
O‘zbekiston 2022 yil 7 may VEON Ltd. (NASDAQ: VEON, Euronext Amsterdam: VEON) mobil aloqa va xizmatlar ko‘rsatuvchi global raqamli operator O‘zbekiston hukumatiga mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishida konsultatsiya qilish va raqamlashtirish xizmatlarini ko‘rsatishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov bilan uchrashuvda VEON bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu xalqaro telekommunikatsiya holdingining O‘zbekistonni raqamlashtirishga ko‘maklashish majburiyatini tasdiqladi. Dunyoning 9 ta davlatida faoliyat yurituvchi va 220 ga yaqin abonentga xizmat ko‘rsatuvchi VEON Group 2006 yildan buyon o‘zining Beeline operatsion kompaniyasi orqali O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelmoqda. Mamlakatning yetakchi raqamli operatori Beeline Uzbekistan “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini amalga oshirishda faol ishtirok etadi va kelgusi besh yil ichida mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishni $250 millionga oshirish niyatida.
O‘zbekistonning JSTga ariza topshirish muvaffaqiyatiga Markaziy Osiyodagi texnologik yetakchilardan biriga aylanishga intilayotgan respublika iqtisodiyotini raqamlashtirish ta’sir ko‘rsatadi.
“Jahon hamjamiyati uchun nafaqat iqtisodiyotning umumiy holati, balki O‘zbekistonda texnologiyaning rivojlanish darajasi ham muhimdir. VEON shu’ba korxonasi bo‘lmish Beeline Uzbekistan infratuzilmasini yangidan qurishga sarmoya kiritib, biz butun mamlakat aholisi va biznes uchun raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratishga intilamiz. Ishonchim komilki, bu JSTga a’zolik masalasini muhokama qilishda qo‘shimcha afzallik bo‘ladi”, — dedi Kaan Terzioglu.
Mavzuga oid
20:27 / 26.03.2024
VEON “Beeline Qirg‘iziston”dagi ulushini sotmoqda
13:51 / 23.02.2024
VEON GSMA Open Gateway tizimi asosidagi innovatsion texnologiyani ishga tushirmoqda
11:59 / 03.05.2023
Yangi ish oʻrinlari va IT sohasida taʼlim: VEON Oʻzbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda
18:00 / 12.10.2022