Jahon | 13:34 / 08.05.2022
26842
4 daqiqa o‘qiladi

Tashlandiq mashinada yashayotgan ayol va uylar o‘rnidagi o‘ralar. Urush suratlari

Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchukning ma’lum qilishicha, urushning 73-kunida Mariupoldagi «Azovstal» zavodidan barcha ayollar, bolalar va keksa yoshli kishilar evakuatsiya qilingan. RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, 5-7 may kunlari zavoddan 51 kishi olib chiqilgan. «Azovstal»dan shu vaqtgacha 300 nafar atrofida tinch aholi vakillari evakuatsiya qilingan.

Kiyev oblasti Makarov posyolkasi yaqinida yakson etilgan rus tanki ustida turgan qizcha.
Mikhail Palinchak / Reuters / Scanpix / LETA 

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar:

  • Zelenskiy «Azovstal» zavodidan 300 dan ortiq tinch aholi vakili olib chiqilganini ma’lum qildi. U hozirda hukumat xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda yaralangan harbiylar evakuatsiyasi ustida ish olib borilayotganini qo‘shimcha qildi.
  • Ramzan Qodirov chechen harbiylari Lugansk oblastidagi Popasnaya shahrining katta qismini nazorat ostiga olganini aytdi, ammo ukrain rasmiylari shahar uchun janglar davom etayotganini ma’lum qilgan.
  • Lugansk oblasti ma’muriyati Belogorovka posyolkasiga bomba kelib tushishi oqibatida katta ehtimol bilan 60 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Xarobalar ostidan 30 kishi qutqarib olingan.
  • JSST Rossiyaning Ukrainada tibbiy muassasalarga zarba berish orqali harbiy jinoyatlar sodir etilishiga aloqadorligini tekshiradi.
  • Ukraina TIV rahbari «Ukrainaga qarshi jinoyatlar uchun» maxsus tribunal ta’sis etishni taklif etdi.
  • Britaniya Ukrainaga harbiy yordam uchun yana 1,6 mlrd dollar ajratadi. Yangi yordam paketi avvalgisidan ikki barobar ko‘proqni tashkil etadi.
  • MRB direktori Uilyam Byorns Putin mag‘lubiyatni tan ololmasligi tufayli Ukrainadagi urushni davom ettirmoqchiligini aytdi.

Quyida 7 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkov oblasti 

Faylasuf va shoir Grigoriy Skovorodaning adabiy memorial muzeyida yonib ketgan ashyolar. Muzey rossiyalik harbiylar zarbasidan keyin vayron bo‘lgan. Xarkov oblasti, Skovorodinovka posyolkasi.
Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA
Xodimlar muzeydan Skovorodaning haykalini olib chiqishmoqda.
Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkov oblastida ukrainlar artilleriyasi. Foto: EPA / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

Lugansk oblasti Lisichansk shahrida yashovchi kishi elektr kabelni ulash uchun ustunga chiqmoqda. Shaharda 12 kundan buyon elektr yo‘q.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastining Baxmut shahrida raketa snaryadi kelib tushishidan hosil bo‘lgan o‘ra. Avval bu yerda turar joy binosi bo‘lgan
Jorge Silva / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutda rossiyaliklarning aviazarbasidan keyin vayron bo‘lgan kvartirada buyumlarini yig‘ishtirayotgan ayollar
AP Photo/Evgeniy Maloletka
Baxmutlik ikki kishining jasadi dafn qilinmoqda. Shaharga raketa zarbalari berilgan.
Jorge Silva / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutda raketa zarbasidan keyin paydo bo‘lgan o‘ra.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Kramatorskda katta yoshlilar gumanitar yordam olib qaytmoqda, bolalar o‘ynamoqda
AP Photo/Andriy Andriyenko
Suv uchun kirlangan idish ko‘tarib kelgan kramatorsklik kishi
AP Photo/Andriy Andriyenko
Ko‘ngillilar Severodonetsk aholisi uchun gumanitar yordam tayyorlamoqda. Bunday yordam har kuni yetkazib beriladi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Severodonetsklik kishi gumanitar yordam tarqatilgan joydan uyiga oziq-ovqat olib qaytmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Severodonetsklik 65 ayolning kvartirasi besh kun oldin raketa zarbasi vaqtida vayron bo‘lgan. Endi u o‘z uyi yaqinidagi tashlab ketilgan mashinada yashashga majbur bo‘lmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Zaporojyelik ko‘ngilli ukrain askarlari uchun zarur jihozlar ishlab chiqariladigan korxonada ishlamoqda
AP Photo/Francisco Seco
Planet Labs PBC tomonidan olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirida Ukrainaning Ilon orolida (Zmeiniy) rossiyalik harbiylar pozitsiyasi ukrainlar dronidan o‘qqa tutilganidan keyin hosil bo‘lgan quyuq tutunni ko‘rish mumkin.
Planet Labs PBC via AP

 

Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid