Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endilikda masofaviy elektron to‘lovlar uchun ham keshbek to‘lanadi - DSQ
O‘zbekistonda endi masofaviy elektron to‘lovlar uchun keshbek to‘lovi joriy etiladi, deb xabar bermoqda Davlat soliq qo‘mitasi.
Endilikda:
- to‘lov tashkiloti;
- tijorat banklarining elektron to‘lov xizmatlari (shu jumladan mobil ilovalar orqali);
- elektron tijorat platformalari – «marketpleys»larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan xaridlar uchun ham keshbek to‘lanadi.
Soliq organlari axborot tizimlari bilan elektron to‘lovlar (PAYNET, OSON, PAYME, CLICK, APELSIN va boshqalar) integratsiyasining ijobiy natijalariga ko‘ra xaridlar elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilganda QR-kodli chek shakllanyapti.
Agar iste’molchi keshbek tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, u holda marketpleyslar orqali amalga oshirilgan xarid summasining 1 foizi «Soliq» mobil ilovasida avtomatik tarzda aks etadi. (Buning uchun to‘lov tizimi va «Soliq» ilovasi ulangan telefon raqamlar bir xil bo‘lishi lozim).
Shuningdek, keshbek olish uchun elektron chekdagi QR-kodni skanerlash imkoni ham mavjud.
Avtomobil, avia va temiryo‘l chiptalari xarid qilinganda, kommunal va aloqa xizmatlari uchun to‘lov qilinganda keshbek to‘lanmaydi.
Mavzuga oid
11:30 / 08.04.2025
Raqobat qo‘mitasi avtoturargohlardagi noqonuniy to‘lovlar haqida xabar berishga chaqirdi
15:36 / 20.03.2025
21−22 mart kunlari elektr energiyasi uchun onlayn to‘lov qilishda uzilishlar bo‘ladi
13:21 / 02.03.2025
Yanvarda qaysi hududlarda iste’molchilar ko‘proq keshbekka ega bo‘lgani ma’lum qilindi
16:12 / 23.12.2024