Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXSh asosida quriladigan talabalar yotoqxonalari to‘lovi miqdori haqida ma’lumot berildi
Bugun, 12 may kuni AOKAda davlat xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar turar joylari qurilishi va unga ajratilayotgan subsidiya mablag‘lari yuzasidan OTV mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi.
Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov Kun.uz muxbirining DXSh asosida qurilayotgan talabalar turar joylarida to‘lov masalasi qanday bo‘lishi borasidagi savoliga ham javob qaytardi.
Unga ko‘ra, OTM tomonidan bugungi kunda talabadan qanday tartibda to‘lov undirilayotgan bo‘lsa, yangi yotoqxonalarda ham o‘sha narx saqlanib qoladi.
“Narxda o‘zgarish yo‘q. Shuning uchun biz kelishilgan narx deyapmiz. Talabalarga qo‘shimcha yuk tushmasligi uchun ham davlat budjetidan yetarli miqdorda subsidiya berilyapti.
Hech qaysi me’yorlar talaba to‘layotgan pul narxining oshishiga olib kelmaydi” – dedi Sarvarxon Buzrukxonov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2025 yilga qadar qo‘shimcha yana 228 ta talabalar turar joylari qurilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:30 / 02.11.2024
DXSh loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi
16:00 / 28.09.2024
Kuvayt O‘zbekistondagi DXSh loyihalarida ishtirok etishi mumkin
10:50 / 23.09.2024
BAA O‘zbekistonda DXSh loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda
20:53 / 07.09.2024