Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimi DXSh asosida modernizatsiya qilinadi
Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, Toshkent shahar hokimligi va «Veolia Energy Tashkent» MChJ o‘rtasida 2021 yil 29 sentabr kuni «Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish» loyihasi bo‘yicha imzolangan bitim tasdiqlangan.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 sentabr kungi «Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish to‘g‘risida»gi 594-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Xususan, «Toshissiqquvvati» DUK xodimlari maxsus loyihaga Mehnat kodeksiga muvofiq o‘tkaziladi. Maxsus loyihaga o‘tgan xodimlarning oldingi ishlagan davri uchun hisoblangan ish haqi xususiy sherik tomonidan qoplab beriladi.
Bundan tashqari, maxsus loyiha kompaniyasini tabiiy monopoliya sub’yektlarining davlat reyestriga kiritish nazarda tutilmoqda.
Boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritildi. Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.05.2022 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025