«Borib-borib barcha tizimni mahallaga tushiraman, shaharda kattakon bo‘lib yurish davri o‘tdi» – prezident Farg‘ona misolida tashabbuslarni muhokama qildi
12-13 may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifini amalga oshirayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev viloyat faollari yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.
“Birgina Farg‘onaning o‘zi 801 mln dollar eksport qilyapti. Bu tariximizda bo‘lmagan. Hozirgi rejalarimiz milliardlardan oshyapti. Tadbirkorlarimiz ham oldingiday 2-3 mln dollar emas, yuzlab million dollarlik investitsiyalar haqida gapirishyapti.
Masalani to‘g‘ri qo‘yish, muammo yechimini izlashning o‘zi ham yarim muvaffaqiyat. Mana kecha Toshloq tumani hokimi yil oxirigacha emas, mustaqillik bayramigacha ishsizlik muammosini hal qilaman deyapti. Bu menga ma’qul bo‘lishidan tashqari xalqimizga ham manfaat olib keladi.
Quyi tizimdagi muammolarni men juda yaxshi bilaman. O‘zbekistonning hamma nuqtasini menchalik yaxshi biladigan odam yo‘q. Har bitta qarorga imzo chekish oldidan uzoq o‘ylayman, mana shu qaror So‘xga, Mo‘ynoqqa yoki uzoq Denovga nima foyda beradi?
Bugun belni mahkam bog‘lab harakat qilsak, ko‘zlagan marralarga erishamiz. Kecha Farg‘ona viloyati hokimi menga hisobot berdi – xorijdagi 165 ming nafar farg‘onalikning 100 mingi qaytib keldi. Kelib ota-onalari oldida yurishsa, ishlashsa men xotirjam bo‘laman. Borib-borib barcha tizimni mahallaga tushiraman, shaharda kattakon bo‘lib yurish davri o‘tdi”, – dedi davlat rahbari yig‘ilganlarga qarata.
Mavzuga oid
18:36 / 15.11.2024
Bu yil qishda iste’molchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazib berish rejalashtirilgan
21:17 / 14.11.2024
SSV huzurida «Xaridlar markazi» va uning 13 ta hududiy filiali tashkil etiladi
16:20 / 14.11.2024
“Iqlim o‘zgarishi muammolarini ayniqsa Markaziy Osiyoda o‘tkir his qilyapmiz” - Shavkat Mirziyoyev
14:37 / 13.11.2024