Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlash bo‘yicha pilot loyiha natijalari aniq bo‘ldi
2022 yil 12 may kuni Nukusda “Bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlash uchun OPV testini o‘tkazish” qo‘shma loyihasi doirasida 30-55 yoshdagi ayollar o‘rtasida bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlash uchun OPV (odam papillomasi virusi) testini o‘tkazish loyihasi joriy etilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi ishtirokchilari kengaytirilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasida BMTning aholishunoslik jamg‘armasi (YuNFPA) tomonidan Yaponiya hukumatining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari, xalqaro ekspertlar, YuNFPA vakillari, donorlar hamda loyiha ishchi guruhining ishtirokchilari qatnashdi.
Uchrashuv chog‘ida ishchi guruh a’zolari loyiha monitoringi natijalarini taqdim etib, O‘zbekistonda bachadon bo‘yni saratoni skriningi dasturi loyihasi doirasida bachadon bo‘ynidagi saratonoldi kasalliklarini davolashda termoamblyatsiyani joriy etish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘inida ayollarni ko‘rikdan o‘tkazish, tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha akusher-ginekologlar to‘qnash keladigan qiyinchiliklar hamda ularning faoliyatidagi eng yaxshi tajribalar qayd etildi.
Uchrashuv ishtirokchilari bachadon bo‘yni saratoni skriningi masalalaridan aholi xabardorligini oshirishga hamda ayollarni loyihaga jalb qilish murakkabliklari va tajribasiga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuvni doirasida ishchi guruh ishtirokchilari hamkorlikdagi faoliyat davomida amalga oshirilgan 49 140ta (98 foiz) testdan 3 290tasi (6,7 foiz) organizmda virus mavjudligi bo‘yicha ijobiy chiqqanini ma’lum qildi.
Patologiya aniqlangan barcha bemorlar keyingi maslahatlashuvga va tor doiradagi mutaxassislar davolashiga yo‘naltirildi. Sinovdan o‘tkazilgan ijobiy OPV maqomga ega 759 nafar (23 foiz) ayollarga onkologiya bo‘limiga yo‘llanma berildi, jumladan, onkologiyaga yuborilgan ayollardan 9 nafariga (1,2 foiz) bachadon bo‘yni saratoni bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bachadon bo‘ynida eng kam miqdordagi shikastlanish aniqlangan ijobiy OPV natijaga ega 237 nafar (31 foiz) ayol poliklinikada termoamblyatsiya yoki radioto‘lqinli koagulyatsiya muolajalarini qabul qildi.
Loyiha bachadon bo‘yni saratonini erta bosqichlarda aniqlashga qaratilgan bo‘lib, bunda to‘g‘ri davolash bemorning 100 foiz tuzalishiga olib kelishi mumkin. Dasturni amalga oshirish davomida olingan barcha natijalar saraton kasalliklari, jumladan bachadon bo‘yni saratonining oldini olish bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriladi.
Yuqorida qayd etilgan loyihani joriy etish va ishga tushirish ko‘plab tadbirlardan iborat murakkab amaliyotni nazarda tutadi, jumladan:
yangi qurilmalarni xarid qilish va olib kirish;
tibbiyot xodimlarini skrining testlar o‘tkazish hamda ijobiy natijali ayollarni saralashga o‘qitish;
rivojlanishni baholash va muammolarni hal qilish uchun har oyda tashrif buyurish va boshqalar.
Loyiha doirasida 30-55 yoshdagi 50 000 nafar ayollar o‘rtasida bachadon bo‘ynidagi o‘zgarishlarni erta bosqichda aniqlash uchun OPV test o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘imida 45 nafar ginekolog, 150 nafar oilaviy shifokor, 270 nafar patronaj hamshirasi va 77 nafar doya o‘qitildi.
2021 yil yanvar oyida loyiha doirasida odam papillomasi virusini (OPV) aniqlash uchun qurilmalar va test tizimlar topshirildi. Yaponiya hukumati mablag‘lari hisobidan xarid qilingan 8ta mashina va 50 000ta test Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman ko‘ptarmoqli poliklinikalarida o‘rnatildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamkorligida Toshkent viloyatida bachadon bo‘yni saratoni skriningi bo‘yicha loyihani amalga oshirish doirasida Chirchiq shahrida skrining tadqiqotlarini o‘tkazish uchun YuNFPA ko‘magida qo‘shimcha 2ta mashina va 6 000ta test sotib olindi.
2022 yil fevralida YuNFPA Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga birlamchi darajali saratonoldi shikastlanishlarini davolash uchun 2 dona radioto‘lqinli qurilma taqdim qildi.
Odam papillomasi virusi (OPV yoki HPV) sababli yuzaga keladigan bachadon bo‘yni saratoni hanuzgacha butun dunyo sog‘liqni saqlash jamiyati dolzarb muammosi bo‘lib kelmoqda. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, har yili bachadon bo‘yni saratoni oqibatida 300 mingdan ortiq ayol hayotdan ko‘z yumadi. O‘zbekistonda, butun dunyoda bo‘lgani kabi, bachadon bo‘yni saratoni barcha yoshdagi ayollar orasida eng keng tarqalgan hamda fertil yoshdagi (15-45) ayollar orasidagi o‘lim sababi soni bo‘yicha ko‘krak bezi saratonidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
YuNFPA O‘zbekistondagi faoliyatini 1993 yilda boshlagan bo‘lib, bugungi kunda agentlik milliy sheriklar bilan yaqin hamkorlikda beshinchi davlat dasturini (2020-2025) amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025